platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

Raqamli iqtisodiyot samarasi qanday oʻlchanadi? Muslim Ergashboyev bilan suhbat

Raqamli loyihalarni qanday baholash kerak, nega xizmatlarning 73 foizi Toshkentga toʻgʻri keladi va xorijiy texnologiyalarga qaramlik qanday xavf tugʻdiradi? Ekspert fikri

Raqamli iqtisodiyot samarasi qanday oʻlchanadi? Muslim Ergashboyev bilan suhbat

Raqamli iqtisodiyot Oʻzbekistonda yangi xizmatlar bozori va ish oʻrinlarini shakllantirmoqda. Biroq raqamlashtirish samarasini sohaning oʻsish surʼatlari bilan emas, texnologiyalar ishlab chiqarish xarajatlarini qanchalik kamaytirgani, mehnat unumdorligini qanchalik oshirgani va hududlarda qanday iqtisodiy imkoniyatlar yaratgani bilan oʻlchash kerak.

Sunʼiy intellekt, raqamli infratuzilma va xalqaro texnologik hamkorlikning barqaror rivojlanishdagi oʻrni haqida Barqaror rivojlanish markazi xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Muslim Ergashboyev bilan suhbatlashdik.

Raqamli iqtisodiyot samarasi qanday oʻlchanadi? Muslim Ergashboyev bilan suhbat
Muslim Ergashboyev, Barqaror rivojlanish markazi xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi

— Soʻnggi yillarda raqamli xizmatlar bozori jadal kengaymoqda. Bu oʻsish iqtisodiyotga qanday taʼsir koʻrsatmoqda?

- Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yilda aloqava axborotlashtirish xizmatlari hajmi 79,5 trillion soʻmga yetgan. Bu 2024 yilga nisbatan 22,7 foiz koʻp. Mazkur oʻsish sohada iqtisodiy faollik vatalab ortib borayotganini koʻrsatadi. Biroq raqamli xizmatlar bozoriningkengayishi ishlab chiqarish xarajatlari kamaygani yoki mehnat unumdorligioshganini anglatmaydi.

Masalan, korxona uskunalar holatini nazorat qiluvchi dastur sotiboldi. Bu raqamli xizmatlar hajmini oshiradi. Ammo dasturning haqiqiysamarasi nosozliklarni qanchalik erta aniqlashi, ishlab chiqarishdagiuzulishlarni va taʼmirlash xarajatlarini qay darajada kamaytirishi bilanbelgilanadi.

Bu borada yirik raqamli loyihalarning iqtisodiy samaradorliginibaholashning yagona tartibini joriy etish maqsadga muvofiq. Unda loyihadan oldingi holat, kutilayotgan iqtisodiy natijalar, dastlabkiinvestitsiya va keyingi xizmat koʻrsatish xarajatlari hisobga olinadi.

Loyiha ishga tushirilganidan soʻng olti oy yoki bir yil oʻtib, amaldaginatijalar dastlabki koʻrsatkichlar bilan taqqoslanadi. Yirik loyihalarnibaholashga mustaqil ilmiy va tahliliy muassasalarni jalb etish mumkin. Budavlat mablagʻlari hisobiga amalga oshirilgan raqamli loyihalarning qaydarajada oʻzini oqlaganini aniqlashga yordam beradi.



- Raqamli iqtisodiyotning hududlar boʻyicha notekisrivojlanishiga qanday omillar taʼsir qilmoqda?

- 2025 yilda aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining 79,5 trillion soʻmlik umumiy hajmidan 57,8 trillion soʻmi, yaʼni qariyb 73 foizi Toshkentshahri hissasiga toʻgʻri kelgan. Biroq bu raqamni viloyatlarda internetdanfoydalanish darajasi bilan tenglashtirish toʻgʻri emas. Yirikkompaniyalarning poytaxtda roʻyxatdan oʻtgani va xizmatlar hisobining shu yerda yuritilishi ham statistikaga taʼsir koʻrsatadi.

Shu bilan birga, texnologik biznes, malakali mutaxassislar va yirikbuyurtmachilarning poytaxtda jamlanishi hududlarda raqamliiqtisodiyotning rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin.

Buning yechimi har bir viloyatda bir xil IT markazlarini tashkil etishemas, balki mahalliy iqtisodiyot ehtiyojlariga mos texnologik xizmatlarnirivojlantirishdir. Masalan, Navoiyda konchilik va metallurgiya, Fargʻonavodiysida sanoat va logistika, Samarqand hamda Buxoroda turizm sohasiuchun raqamli yechimlarga talab mavjud.

Shu bois har bir viloyatda sanoat korxonalari va xizmat koʻrsatishtashkilotlarining texnologik ehtiyojlarini qamrab oluvchi ochiq buyurtmalarreyestrini shakllantirish maqsadga muvofiq. Unda hal etilishi zarur boʻlganmuammo, kutilayotgan iqtisodiy natija va texnik talablar koʻrsatiladi.

Mahalliy korxonalar oʻz muammolarini aniq belgilab, universitetlarva IT kompaniyalari bilan hamkorlikda ularga yechim topishi kerak. Buhududlarda texnologik xizmatlar bozori va malakali ish oʻrinlarinishakllantirishga xizmat qiladi.



- Yirik texnologik loyihalarga investitsiya kiritishda qandayiqtisodiy va ekologik omillar hisobga olinishi kerak?

- Investitsiya hajmi loyihaning mamlakat iqtisodiyoti uchunahamiyatini toʻliq ifodalamaydi. Masalan, maʼlumotlarni qayta ishlashmarkazida serverlar xorijdan keltirilishi va xizmatlarning katta qismitashqi bozorga yoʻnaltirilishi mumkin. Bunday loyihalarda mahalliyiqtisodiyot oladigan samarani ham hisoblash zarur.

Avvalo, markazning elektr energiyasi va suv isteʼmoli, sovitish tizimixarajatlari baholanishi kerak. Shuningdek, yaratiladigan ish oʻrinlari, mahalliy mutaxassislarning ishtiroki va universitetlar uchun yangitexnologik imkoniyatlar tahlil qilinishi lozim.

Davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar, infratuzilmagayoʻnaltiriladigan mablagʻlar va kelgusidagi soliq tushumlari ham oʻzarotaqqoslanishi zarur. Shunda investitsiyaning iqtisodiy qaytimi vamamlakatda qoldiradigan qoʻshimcha qiymatini aniqroq baholash mumkinboʻladi.

Yana bir muhim masala xorijiy texnologiyalarga haddan tashqaribogʻliqlikning oldini olishdir. Ayrim raqamli tizimlar muayyan xorijiykompaniyaning dasturiy taʼminoti va serverlariga bogʻliq holda ishlaydi. Xizmat narxining oshishi, texnik cheklovlar yoki shartnoma shartlariningoʻzgarishi tashkilot faoliyatiga bevosita taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Shuning uchun strategik ahamiyatga ega raqamli loyihalarda muqobiltexnologiyalarga oʻtish imkoniyatini oldindan baholash zarur. Jumladan, maʼlumotlarni boshqa platformaga koʻchirish, dasturiy taʼminotni mahalliysharoitda mustaqil ishlatish va texnik xizmat koʻrsatish imkoniyatlariinvestitsiya kelishuvlarida nazarda tutilishi mumkin. Bu xorijiytexnologiyalardan foydalanishni cheklamasdan, ular bilan bogʻliq uzoqmuddatli xavflarni kamaytiradi.

- Sunʼiy intellekt sohasida milliy ilmiy salohiyatnirivojlantirishda universitetlarning oʻrni qanday?

- 2026 yil yakuniga qadar oliy taʼlim muassasalarida 15 ta sunʼiyintellekt laboratoriyasini ishga tushirish vazifasi belgilangan. Biroqlaboratoriyalar samaradorligini faqat jihozlar yoki oʻtkazilgan tadbirlarsoni bilan baholash toʻgʻri emas. Asosiy mezon - yaratilgan ishlanmalarningamaliyotda qoʻllanilishi.

Masalan, oʻzbek tilidagi texnik hujjatlar, sohaviy hisobotlar vakatta hajmdagi maʼlumotlarni tahlil qilishga moʻljallangan dasturlargatalab ortib bormoqda. Bu borada har bir loyiha uchun yangi sunʼiy intellekt modelini noldan yaratish shart emas. Mavjud modellarni oʻzbek tili vamahalliy soha xususiyatlariga moslashtirish ham samarali yechim boʻlishimumkin.

Sunʼiy intellekt tizimlaridan foydalanishda maʼlumotlarningmaxfiylik darajasini ham hisobga olish zarur. Masalan, ochiq maʼlumotlarbilan ishlashda xalqaro texnologik platformalardan foydalanish mumkin. Tashkilotlarning ichki hujjatlari bilan ishlashda qoʻshimcha xavfsizliktalablari belgilanishi, maxfiy maʼlumotlar esa tashqi serverlargauzatilmaydigan himoyalangan tizimlarda qayta ishlanishi lozim.
Ushbu yondashuv universitetlar va ilmiy muassasalarga mavjud sunʼiyintellekt modellaridan kengroq foydalanish, shu bilan birga, muhimmaʼlumotlarning xavfsizligini taʼminlash imkonini beradi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid