platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

Jizzaxdagi 550 MVt quvvatli yangi issiqlik elektr stansiyasi tarmoqqa ulandi

Yangi stansiya yiliga 4,4 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish va 500 mln kub metr tabiiy gazni tejash imkoniyatiga ega. Taqqoslash uchun, ushbu hajmdagi elektr energiyasi oʻrtacha 1,8 mln xonadonning bir yilliy isteʼmolini tashkil qiladi.

Jizzaxdagi 550 MVt quvvatli yangi issiqlik elektr stansiyasi tarmoqqa ulandi

Jizzaxdagi 550 MVt quvvatli yangi issiqlik elektr stansiyasi tarmoqqa ulanib, elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi.

Energetika vazirligi Oʻzbekiston energetikasi, aholisi va iqtisodiyoti uchun yana bir muhim yangilikni maʼlum qildi.

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida qurilgan 550 MVt quvvatli yangi issiqlik elektr stansiyasi Oʻzbekiston yagona energetika tizimiga ulandi va ilk generatsiya quvvatlarni tarmoqqa uzatishni boshladi.

Yangi stansiya yiliga 4,4 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish va 500 mln kub metr tabiiy gazni tejash imkoniyatiga ega. Taqqoslash uchun, ushbu hajmdagi elektr energiyasi oʻrtacha 1,8 mln xonadonning bir yilliy isteʼmolini tashkil qiladi.

Jizzaxdagi 550 MVt quvvatli yangi issiqlik elektr stansiyasi tarmoqqa ulandi

E

Bu esa aholini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash, sanoat korxonalarining uzluksiz ishlashi va mamlakatimiz iqtisodiyoti rivoji uchun muhim ahamiyatga ega.

Maʼlumot uchun: Bu Jizzax viloyatidagi birinchi yirik issiqlik elektr stansiyasi hisoblanadi. Shu paytgacha viloyatda bitta kichik gidroelektr stansiyasi va ikkita yirik quyosh elektr stansiyasi mavjud edi

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid