platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Janubiy Koreyada 10 yil ichida ilk marta vabo kasalligi qayd etildi

Tibbiyot xodimlari hozirda infeksiya manbasini va bemor kim bilan aloqada boʻlganini aniqlashga harakat qilmoqdalar.

Janubiy Koreyada 10 yil ichida ilk marta vabo kasalligi qayd etildi

Janubiy Koreyada 10 yil ichida birinchi marta vabo kasalligi qayd etildi, deb xabar berdi Associated Press.

Koreya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi sogʻliqni saqlash rasmiylari vabo kasalligi holatini tasdiqlaganini maʼlum qildi.

Noyabr oyi boshida bir bemor janubi-sharqdagi Changvon port shahridagi shifoxonaning tez yordam boʻlimiga murojaat qilgan edi. Bemor seshanba kuni tuzalib, oʻshanda uyiga javob yuborilgan.

Tibbiyot xodimlari hozirda infeksiya manbasini va bemor kim bilan aloqada boʻlganini aniqlashga harakat qilmoqdalar.

Janubiy Koreyada vabo kasalligining soʻnggi uchta holati 2016 yilda, dengiz mahsulotlarini isteʼmol qilgan kishilar orasida qayd etilgan.

Eslatib oʻtamiz, oktabr oyi boshida Rossiyaning Irkutsk shahrida oʻlat sabab bir kishi vafot etgani boʻyicha xabarlar tarqalgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid