Zararli APK fayllar orqali 1 mlrd soʻmni oʻzlashtirgan "Sanjik" qoʻlga olindi
Qoraqalpogʻistonda fuqarolarning bank kartalaridan pullarni noqonuniy yechib olish bilan shugʻullangan shaxs aniqlandi.

Telegram’da "Sanjik" taxallusi bilan kiberjinoyat sodir etgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida fuqarolarning bank kartalaridan pullarni noqonuniy yechib olish bilan shugʻullangan shaxs qoʻlga olingan. U Telegram orqali tarqalayotgan zararli APK fayllar yordamida fuqarolarning bank kartalaridagi mablagʻlarni noqonuniy oʻzlashtirgan.
Jami 1 mlrd soʻm noqonuniy oʻzlashtirilgan.
Tekshiruv davomida yozishmalarda 162 ta bank plastik kartasi maʼlumotlari mavjudligi aniqlangan. Holat boʻyicha sud qaroriga asosan kiberjinoyatchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.





