platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Turonbank boshqaruv raisi Chori Mirzayev qoʻlga olindi

Mirzayoyev bankni oʻn yildan buyon boshqarib kelayotgandi.  U hozirda Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi boʻlgan Zaynilobiddin Nizomiddinovning yaqin qarindoshi hisoblanadi.

Turonbank boshqaruv raisi Chori Mirzayev qoʻlga olindi

Turonbank boshqaruv raisi Chori Mirzayev yirik miqdordagi pullarni oʻzlashtirishda gumonlanib, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan ushlangan.

Bu haqda Kun.uz nashri oʻz manbasiga asoslanib xabar qildi.

Chori Mirzayev 2016 yil 23 sentabrdan buyon Turonbank boshqaruv raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Maʼlumot uchun, Chori Mirzayev 1971 yilda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tugʻilgan. U hozirda Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi boʻlgan Zaynilobiddin Nizomiddinovning yaqin qarindoshi hisoblanadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid