platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatidagi bogʻchalarda koʻz kasalliklari tarqalayotganiga izoh berildi

Maktabgacha taʼlim tashkiloti maʼmuriyati kasallik alomati kuzatilgan tarbiyalanuvchini bogʻcha hududiga kiritmagan hamda shifokor koʻrigidan oʻtish uchun yuborgan.

Toshkent viloyatidagi bogʻchalarda koʻz kasalliklari tarqalayotganiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi bogʻchalarda bolalar oʻrtasida koʻz kasalligi aniqlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, 10 noyabr kuni Parkent tumanida 2022 yilda tugʻilgan M.U. hududdagi 3-sonli bogʻchaga koʻz kasalligi alomatlari bilan borgan. Maktabgacha taʼlim tashkiloti maʼmuriyati uni bogʻcha hududiga kiritmagan hamda shifokor koʻrigidan oʻtish uchun yuborgan.

Koʻrik davomida bolaga tuman oftalmologi tomonidan “H10.3 — aniqlanmagan oʻtkir konyunktivit” tashxisi qoʻyilib, tegishli davolash muolajalari belgilangan. Shuningdek, uning otasi va oilaning katta farzandida ham shu kabi alomatlar kuzatilgan. Ayni paytda ularga tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan tegishli tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

Bunday shikoyatlar bilan murojaat qilgan boshqa bemorlar qayd etilmagan. Bogʻcha maʼmuriyati boshqa tarbiyalanuvchilarda bunday alomatlar kuzatilmaganini bildirgan.

Boshqarma ota-onalardan farzandlarining salomatligiga eʼtiborli boʻlishni, koʻzda qizarish, yoshlanish, ajralma kelishi kabi alomatlar kuzatilgan taqdirda shifokorga murojaat qilishni soʻragan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid