Said Abdulaziz Yusupov 10 yil muddatga qamaldi
Sud uni Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish (JK 159-moddasi 3-qismi “a” bandi) hamda ogʻirlashtiruvchi holatlarda tuhmat (JK 139-moddasi 2-qismi “a, g” bandlari) jinoyatlarini sodir qilganlikda aybli deb topdi.

Said Abdulaziz Yusupovga nisbatan sud hukmi oʻqildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Said Abdulaziz Yusupov 20 noyabr kuni harbiy sud hukmi bilan jinoiy jazoga tortilgan. Sud uni Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish (JK 159-moddasi 3-qismi “a” bandi) hamda ogʻirlashtiruvchi holatlarda tuhmat (JK 139-moddasi 2-qismi “a, g” bandlari) jinoyatlarini sodir qilganlikda aybli deb topdi. Unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Said Abdulaziz Yusupov muqaddam sudlangan. U 2019 yilning 10 mayida firibgarlikda gumonlanib qoʻlga olingandi. Oʻshanda unga oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish, firibgarlik va pora berish jinoyatlari bilan ayblangan. U 2020 yilning 8 iyul, chorshanba kuni qamoqdan ozod etilgan.
Maʼlumot uchun, Said Abdulaziz Yusupov 1982 yilda Navoiy viloyatida tugʻilgan, millati — oʻzbek, Oʻzbekiston fuqarosi, maʼlumoti — oliy, oilali, qoʻlga olingunga qadar Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori vazifasini bajaruvchi boʻlib ishlagan.





