platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Putin Tojikistonga tashrif buyurdi

Uni aeroportda Emomali Rahmon kutib oldi. Eslatib oʻtamiz, Tojikiston Xalqaro jinoiy sud aʼzosi sanaladi. Ushbu sud 2023 yil Putinni hibsga olishga order bergan. 

Putin Tojikistonga tashrif buyurdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tojikistonga tashrif bilan keldi.

​Kreml veb-saytidagi bayonotga koʻra, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Putinni aeroportda kutib oldi.

​Kreml matbuot xizmati avvalroq Rossiya va Tojikiston oʻrtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish bilan bogʻliq asosiy masalalar tashrif davomida muhokama qilinishi rejalashtirilganini xabar qilgan edi.

​Payshanba kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Rossiya prezidentining oʻzi tashrif davomida muhokama qilinishi rejalashtirilgan baʼzi mavzular haqida batafsil maʼlumot berdi.

Uning soʻzlariga koʻra, muzokaralar, xususan, Afgʻonistondagi hamkorlik va Rossiya harbiy bazasining faoliyatini qamrab oladi.

Eslatib oʻtamiz, Tojikiston Xalqaro jinoiy sud aʼzosi sanaladi. Ushbu sud 2023 yil Putinni hibsga olishga order bergan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid