platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Kasbiy sertifikatlashda qatnashgan oʻqituvchilarning 62,3 foizi sinovdan oʻta olmadi

Tahlilga koʻra, 2024−2026 yillarda oʻtkazilgan oltita nazorat sinoviga jalb etilgan 47 936 nafar pedagog respublikadagi jami 690 226 nafar pedagogning 6,9 foizini tashkil etadi. Ulardan atigi 18 079 nafari (37,7 foiz) 56 va undan yuqori oʻtish balini toʻplab, kasbiy sertifikatga ega boʻlgan.

Kasbiy sertifikatlashda qatnashgan oʻqituvchilarning 62,3 foizi sinovdan oʻta olmadi

Oʻzbekistonda 2024−2026 yillarda oʻtkazilgan kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarida ishtirok etgan 47 936 nafar pedagogning 62,3 foizi (29 857 nafari) sertifikat ololmagan boʻlib, ularning 24 987 nafari (83,7 foizi) taʼlim tashkilotlarida ishlashda davom etmoqda.

Bu haqda Prezident administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining maʼlumotlari (2026 yil 8 sentabr holatiga) asosida tayyorlangan axborot-tahliliy sharhida maʼlum qilindi.

Tahlilga koʻra, 2024−2026 yillarda oʻtkazilgan oltita nazorat sinoviga jalb etilgan 47 936 nafar pedagog respublikadagi jami 690 226 nafar pedagogning 6,9 foizini tashkil etadi. Ulardan atigi 18 079 nafari (37,7 foiz) 56 va undan yuqori oʻtish balini toʻplab, kasbiy sertifikatga ega boʻlgan.

Yillar kesimida oʻtish koʻrsatkichi 2024 yilda 44,3 foizni (15 539 nafardan 6 883 nafari), 2025 yilda 29,7 foizni (21 505 nafardan 6 388 nafari), 2026 yilning yanvar-sentabr oylarida esa 44,1 foizni (10 892 nafardan 4808 nafari) tashkil etib, uch yil ichida 0,2 foiz punktga kamaygan. Sertifikat olganlarning ham 70,2 foizi (12 693 nafar) minimal talabga yaqin — 56−70 ball oraligʻida natija qayd etgan boʻlsa, 86 va undan yuqori ball toʻplaganlar jami qatnashchilarning atigi 1,3 foizini (608 nafar) tashkil etgan.

Sinov natijalari urinishlar kesimida oʻrganilganda, birinchi urinishda qatnashchilarning 33,3 foizi (15 951 nafar), ikkinchi urinishda esa 31 foizi (6 865 nafardan 2128 nafari) sertifikat olgani aniqlandi. Birinchi urinishda oʻta olmagan 31 985 nafar pedagogning 78,5 foizi (25 120 nafar) navbatdan tashqari takroriy sinovda qatnashish huquqidan (toʻlovi BHMning 50 foizi miqdorida) foydalanmagan. Bundan tashqari, roʻyxatdan oʻtgan 7560 nafar talabgor (oʻta olmagan holatlarning 23,6 foizi) sinovga umuman kelmagan va ularga 0 ball qayd etilgan.

Amaldagi reglamentga koʻra, ikkinchi urinishdan soʻng ham yetarli ball toʻplay olmagan 4737 nafar pedagog bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi lozim edi. Biroq ularning 474 nafari uchinchi marta, 93 nafari esa toʻrtinchi marta (jami 567 nafar) sinovga kiritilgan va ularning birortasi sertifikat ololmagan (oʻrtacha bali 39,6 ball). Ikki martadan ortiq sinovga kiritish holatlarining eng koʻpi Qoraqalpogʻiston Respublikasi (124 ta yoki 21,9 foiz), Surxondaryo (65 ta), Toshkent (57 ta) va Namangan (56 ta) viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi.

Fanlari kesimidagi tahlil

Oʻquv fanlari kesimidagi tahlil natijalarga fan boʻyicha bilim darajasi hal qiluvchi taʼsir koʻrsatishini (umumiy ballning 79 foizi) va fanlar oʻrtasidagi tafovut 3,9 barobarga yetganini koʻrsatdi. Kamida 100 nafar qatnashchisi boʻlgan fanlar orasida eng yuqori oʻtish koʻrsatkichi davlat va huquq asoslari (75,1 foiz), tarix (56,6 foiz), ingliz tili (56,6 foiz), qoraqalpoq tili va adabiyoti (54,2 foiz) hamda psixologiya (54 foiz) fanlarida qayd etilgan.

Yaqin ikki yilda kasbiy sertifikatlash qamrovi yanada kengayadi: 2026 yildan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining stajyor-tarbiyachilari va psixologlari, 2027 yildan esa attestatsiyadan oʻta olmagan va lavozimiga muvofiq emas deb topilgan pedagog kadrlar ham ushbu nazorat sinovlariga jalb etiladi.

Agentlik xulosasiga koʻra, tizim kadrlar sifatining kirish filtri sifatida loyihalangan boʻlsa-da, hozircha kutilgan tanlov taʼsirini toʻliq bermayapti. Agar amaldagi 37,7 foizlik oʻtish koʻrsatkichi saqlanib qolsa, yangi toifalarning jalb etilishi sertifikatsiz pedagoglar soni va huquqiy nizoli holatlarning yanada ortishiga olib keladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid