platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

Jizzaxda alohida soliq va bojxona rejimiga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

​Bu yerda AES qurilishi uchun zarur 70 turdagi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish vazifasi qoʻyildi. Shuningdek, import oʻrnini bosuvchi va megaloyihalarda qoʻllaniladigan mahsulotlar boʻyicha talabni tahlil qilib, 20 milliard dollarlik loyihalarning tarmoq jadvalini tasdiqlash topshirildi. 

Jizzaxda alohida soliq va bojxona rejimiga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

Yirik strategik loyihalarni mahalliy qurilish materiallari bilan taʼminlash boʻyicha yangi vazifalar belgilandi.

​Jizzax viloyatidagi atom elektr stansiyasi qurilishida 2 milliard 200 million dollarlik qurilish materiallari ishlatilishi koʻzda tutilgan. Shu bois, Egizbuloq mahallasidagi 200 gektar maydonda alohida soliq va bojxona rejimiga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

​Bu yerda stansiya qurilishi uchun zarur 70 turdagi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish vazifasi qoʻyildi. Shuningdek, import oʻrnini bosuvchi va megaloyihalarda qoʻllaniladigan mahsulotlar boʻyicha talabni tahlil qilib, 20 milliard dollarlik loyihalarning tarmoq jadvalini tasdiqlash topshirildi.

​Kelasi yildan yuqori qoʻshilgan qiymatli yangi mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalari uchun ikki yillik imtiyozli davr bilan yillik 6 foiz stavkada 200 million dollar resurs ajratiladi.

​Korxonalarda energiya tejovchi uskunalar xarid qilish xarajatlarining 10 foizini, biroq 1 milliard soʻmdan oshmagan qismini qoplab berish mexanizmi ham joriy qilinadi.

​Pardozbop toshlar sanoatida xomashyodan toʻliq foydalanish va chiqindilarni qayta ishlashga alohida eʼtibor qaratildi.

​Mamlakatimizdagi 155 ta korxona yiliga 1 million tonna xomashyo qazib olayotgan boʻlsa-da, uning 35-40 foizgacha qismi ishlab chiqarish chiqindisi sifatida qolmoqda. Ayniqsa, Nurota, Gʻozgʻon va Qoʻshrabotdagi konlar atrofida granit va marmar qoldiqlari toʻplangan.

​Prezidentimiz rivojlangan davlatlar tajribasi asosida «nol chiqindi» tamoyilini keng joriy etish zarurligini qayd etdi. Bunday xomashyodan kompozit pol qoplamalari, sunʼiy tosh plitalar va marmar kukuni kabi mahsulotlar tayyorlash mumkin.

​Mutasaddilarga bir oyda tadbirkorlarni jalb etib, pardozbop tosh konlari atrofida kamida 100 million dollarlik loyihalarni boshlash topshirildi.

​Bundan buyon yangi pardozbop tosh konlari "nol chiqindi" tamoyili asosida ishlash sharti bilan auksionga qoʻyiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid