AI-80 benzini yana birja savdosiga chiqarildi
Zaprvakalarda endi AI-80 benzinini sotish boshlanadimi? Energetika vazirligi oydinlik kiritdi.

Energetika vazirligi Oʻzbekistonda Ai-80 markali benzinning birja savdolariga chiqarilishi yuzasidan izoh berdi.
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, birja savdolariga chiqarilgan Ai-80 benzini qayta ishlash korxonalarida xom ashyo sifatida foydalanish uchun moʻljallangan. Ushbu mahsulotdan texnologik qayta ishlash orqali yuqori oktanli benzin va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin.
Savdo shartlariga koʻra, Ai-80 benzinini faqat tegishli litsenziyaga ega qayta ishlash korxonalari xarid qilishi mumkin.
Energetika vazirligi mazkur savdolar Ai-80 benzinining avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalarida qayta sotila boshlashini anglatmasligini taʼkidlagan. Uni avtomobillarga yonilgʻi sifatida sotish boʻyicha amaldagi cheklovlar oʻz kuchida qoladi.





