platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Yangi Toshkentda "turk mahallasi" barpo etiladi

​Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu loyihaga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻanning kelgusida kutilayotgan tashrifi chogʻida start berilishini aytdi.

Yangi Toshkentda "turk mahallasi" barpo etiladi

Oʻzbekiston—Turkiya biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yuqori darajadagi kengashning birinchi yigʻilishida Yangi Toshkent shahrida 60 gektar hududda "turk mahallasi" qurilishi maʼlum qilindi.

​Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu loyihaga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻanning kelgusida kutilayotgan tashrifi chogʻida start berilishini aytdi.

— Biz bundan buyon ham mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlar uchun ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan islohotlarni izchil davom ettiramiz, — dedi Prezidentimiz.

​Maxsus iqtisodiy zonalarda investitsiya hajmi va belgilangan shartlarga qarab, 3 yildan 10 yilgacha soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etilmoqda. Yirik investorlarga tayyor ishlab chiqarish binolari, yer maydonlari va zarur muhandislik infratuzilmasi taqdim etilmoqda.

​Buning yorqin misoli – Toshkent viloyatida tashkil etilgan 100 gektarlik "Ostim" sanoat zonasidir. Hozirda mazkur zonani kengaytirish boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda.

​Prezidentimiz ushbu ijobiy tajribani boshqa hududlarda ham kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

​— Aminmanki, sizlar bilan birgalikda yanada yuksak natijalarga albatta erishamiz. Bu borada barchangizga ulkan yutuq va omadlar tilayman, — dedi Prezidentimiz soʻzining yakunida.

​Turkiya kompaniyalari rahbarlari Prezidentimiz bilan muloqotda ularning faoliyatiga yaratilayotgan keng imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatimizda amalga oshirayotgan loyihalari va kelgusidagi rejalari haqida soʻzlab berdilar, oʻz fikr-mulohazalari hamda takliflarini bayon qildilar.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid