platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

Turk farmatsevtika kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etiladi

​2002 yildan buyon mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan "Nobel Pharmsanoat" kompaniyasi tajribasi sohadagi hamkorlikning amaliy namunasi sifatida koʻrsatildi.

Turk farmatsevtika kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etiladi

Mamlakatimizda tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

​Buning uchun Toshkent farmatsevtika parkida investorlarga keng qamrovli imtiyoz va preferensiyalar, zarur infratuzilma hamda ishlab chiqarish maydonlari taqdim etilmoqda.

​Prezidentimiz turk farmatsevtika kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

​2002 yildan buyon mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan "Nobel Pharmsanoat" kompaniyasi tajribasi sohadagi hamkorlikning amaliy namunasi sifatida koʻrsatildi.

​Turkiyaning boshqa yetakchi farmatsevtika kompaniyalari ham ushbu yoʻnalishda faol hamkorlikka taklif qilindi.

​Oʻzbekistonda xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik dasturlari Turkiya investorlari uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.

​Prezidentimiz taʼkidlaganidek, 2026–2027 yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, koʻchmas mulk obʼektlari va yer maydonlarini savdoga chiqarish rejalashtirilgan.

​Turk kompaniyalari bilan Samarqand avtomobil zavodini xususiylashtirish, Samarqand viloyati elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va Buxoroda yangi xalqaro aeroport qurish kabi yirik tashabbuslar boʻyicha hamkorlik olib borilmoqda.

​Davlatimiz rahbari Turkiya banklari, investitsiya fondlari va sanoat kompaniyalarini ushbu jarayonlarda yanada faol ishtirok etishga chorladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid