Samarqandda Umraga yuborish uchun 3 ming dollar olgan shaxs ushlandi
Sayyohlik firmasi rahbari uch fuqaroga ziyorat barcha sharoitlarni yaratib berishni vaʼda bergan.

Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi rahbari “Umra” ziyoratini ado etish istagida boʻlgan uch nafar fuqaroning ishonchini suisteʼmol qilib, ularni “Umra”ga yuborish va muqaddas amallarni bajarishga zarur barcha sharoitlarni yaratib berishni vaʼda bergan. Bu haqda DXX Platina.uzʼga xabar berdi.
Ushbu xizmatlar evaziga esa 3 750 AQSh dollari talab qilgan.
DXX Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi va viloyat IIB hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida firma rahbari oldindan kelishilgan mablagʻning 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.





