platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Putin Ukraina bilan oʻt ochishni toʻxtatishga kelishmasligini aytdi

“Qrim koʻprigiga zarbalardan keyin hech qanday kelishuvga bormaymiz”, dedi Putin AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uch tomonlama uchrashuvdan soʻng jurnalistlarga bergan bayonotida.

Putin Ukraina bilan oʻt ochishni toʻxtatishga kelishmasligini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan ayrim yoʻnalishlarda oʻt ochishni toʻxtatish imkoniyatini Rossiya Xavfsizlik kengashi bilan muhokama qilganini, biroq soʻnggi kunlarda Qrim koʻprigiga uyushtirilgan hujumlardan keyin bu fikrdan qaytganini maʼlum qildi.

“Qrim koʻprigiga zarbalardan keyin hech qanday kelishuvga bormaymiz”, dedi Putin AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uch tomonlama uchrashuvdan soʻng jurnalistlarga bergan bayonotida.

Rossiya Xavfsizlik kengashi bilan ayrim sohalarda oʻt ochishni toʻxtatish imkoniyati muhokama qilingan. Biroq Qrim koʻprigiga qilingan hujumlardan keyin bu masalada kelishuvga borilmaydi.

Rossiya rahbari Qrim koʻprigini faqat tinch maqsadlarda foydalaniladigan obʼekt deb atadi. U koʻprikdan anchadan beri neft va oʻq-dorilar tashilmasligini taʼki

Rossiya prezidenti Qrim koʻprigiga qilingan hujumlarga javob choralari “ancha ogʻriqli” boʻlishini taʼkidladi. U, shuningdek, koʻprik albatta qayta tiklanishini vaʼda qildi. Putinning soʻzlariga koʻra, koʻprikning temir yoʻl qismini tiklash ishlari yakuniga yetgan.

Avvalroq Putin, Tramp va Si Szinpin uchrashuvi yakunlari boʻyicha tinchlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya qabul qilingani xabar berilgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid