Putin, Tramp va Si Szinpin Xitoydagi sammit yalpi majlisida nutq soʻzladi
Sammitda AQSh va Rossiya rahbarlariga turlicha munosabat koʻrsatilganp eʼtiborni tortdi: Vladimir Putinni Xitoyning yuqori martabali amaldori Say Si kutib oldi. Donald Trampni esa Si Szinpin shaxsan samolyot trapi oldida qarshi olgan.

Putin oʻz nutqida Rossiya "dunyoning yetakchi iqtisodiyotlari qatoriga kirishini" aytdi. U Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bilan hamkorlikni Rossiyaning strategik yoʻnalishi deb atadi. Shuningdek, ASEAN mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 60 foizga oshganini aytdi.
Tramp ham AQShning iqtisodiy yutuqlari haqida gapirdi. Bunga soliqlarning pasaytirilishi, iqtisodiyotning tartibga solinishi va 20 dan ortiq savdo bitimlarining tuzilishi yordam berganini aytdi. U Putin va Si bilan boʻlajak "tarixiy uch tomonlama uchrashuvni intiqlik bilan kutayotgani"ni taʼkidladi.
Si Szinpin esa Xitoy Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi doirasida amaliy hamkorlikni rivojlantirish uchun 20 mln dollar ajratishini maʼlum qildi. Shuningdek, mintaqa mamlakatlarini umumiy innovatsion ekotizim yaratish va sunʼiy intellektni rivojlantirishga chaqirdi.
AQSh va Rossiya rahbarlariga turlicha munosabat koʻrsatilgani OAV eʼtiborini tortdi:
Aeroportdagi kutib olish. Vladimir Putinni Xitoyning yuqori martabali amaldori Say Si kutib oldi. Donald Trampni esa Si Szinpin shaxsan samolyot trapi oldida qarshi olgan.
Putin alohida qoʻyilgan. Si va Tramp yonma-yon turgan, ularning bir tomonida Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myong, ikkinchi tomonida esa Xitoy yetakchisining rafiqasi Pen Liyuan bor edi. Tarqalgan videoda ikki yetakchi Putinga qayerda turishni imo-ishora bilan koʻrsatganini koʻrish mumkin.





