platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

Pul belgilaridagi barcha yozuvlar lotin yozuvidagi oʻzbek alifbosida yoziladi

Pul belgilaridagi barcha yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida yoziladi. Bundan tashqari, pul belgilari inson salomatligi uchun xavfsiz xomashyolardan tayyorlanishi va zamonaviy himoya elementlariga ega boʻlishi kerak.

Pul belgilaridagi barcha yozuvlar lotin yozuvidagi oʻzbek alifbosida yoziladi

Pul belgilaridagi barcha yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida yoziladi.

Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani (roʻyxat raqami 3977, 2026 yil 17 noyabr) davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Yoʻriqnomaga koʻra, banknotlarda ularning seriyasi va raqami, nominal qiymatining yozuv bilan ifodasi, barcha turdagi toʻlovlar uchun qabul qilinishi majburiyligi hamda qalbakilashtirganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi yozuvlar boʻlishi lozim.

Pul belgilarining dizaynida Oʻzbekiston tarixi, milliy madaniyati, qadriyatlari, buyuk allomalar va mamlakatimiz yutuqlarini aks ettiruvchi tasvirlardan foydalaniladi.

Pul belgilaridagi barcha yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida yoziladi.

Bundan tashqari, pul belgilari inson salomatligi uchun xavfsiz xomashyolardan tayyorlanishi va zamonaviy himoya elementlariga ega boʻlishi kerak.

Aholi va tadbirkorlarning naqd pul olish huquqi kafolatlanadi.

Banklar fuqarolar va tadbirkorlarning hisobvaraqlarida mavjud mablagʻlari doirasida naqd pul olishga boʻlgan talablarini birinchi talab boʻyicha uzluksiz qondirishi shart.

Shuningdek, banklar muomaladagi naqd pullarni nominal qiymati boʻyicha moneliksiz qabul qiladi.

Bankomatlar naqd pul bilan taʼminlab boriladi.

Banklar mijozlarning naqd pulga boʻlgan ehtiyojini va bankomatlardagi naqd pul aylanmasini muntazam tahlil qiladi. Naqd pul yetishmasligi kutilganda banklar qoʻshimcha mablagʻlarni jalb etish choralarini koʻradi.

Pul belgilarini bepul ayirboshlash mumkin. Markaziy bank va tijorat banklari talabga koʻra bir nominaldagi pul belgilarini boshqa nominaldagi pul belgilariga hech qanday toʻlov yoki vositachilik haqisiz ayirboshlaydi.

Yangi banknot va tangalar muomalaga chiqarilishidan kamida 1 hafta oldin bu haqda aholiga xabar beriladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid