platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda firibgarlar OAV ustidan mualliflik huquqi boʻyicha shikoyat yuborib, pul talab qilayotgani aytildi

Shikoyatlar natijasida ijtimoiy tarmoqlar ayrim postlarni oʻchirib tashlaydi. Nashr vakillari daʼvogarlar bilan bogʻlanganda esa ular shikoyatni qaytarib olish evaziga pul talab qiladi. Ayrim hollarda pul oʻtkazilgach, shikoyatlar bir necha daqiqa ichida qaytarib olingani qayd etilgan.

Oʻzbekistonda firibgarlar OAV ustidan mualliflik huquqi boʻyicha shikoyat yuborib, pul talab qilayotgani aytildi

Oʻzbekistondagi bir qator internet nashrlari ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi boʻyicha shikoyatlar orqali pul undirish holatlariga duch kelmoqda. Bu haqda Repost nashri xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Repost, Pressa va Oblako nashrlarining ijtimoiy tarmoqlardagi, jumladan, Instagram va Facebook’dagi materiallari ustidan nomaʼlum shaxslar mualliflik huquqi buzilgani haqida shikoyat yubormoqda.

Shikoyatlar natijasida ijtimoiy tarmoqlar ayrim postlarni oʻchirib tashlaydi. Nashr vakillari daʼvogarlar bilan bogʻlanganda esa ular shikoyatni qaytarib olish evaziga pul talab qiladi. Repost maʼlumotiga koʻra, ayrim hollarda pul oʻtkazilgach, shikoyatlar bir necha daqiqa ichida qaytarib olingan.

Bunday holatlar nafaqat yangiliklar, balki tahririyatlar tomonidan tayyorlangan yoki reklama beruvchilar bilan kelishilgan holda joylashtirilgan tijoriy postlarga ham taalluqli.

Oʻzbekistonda firibgarlar OAV ustidan mualliflik huquqi boʻyicha shikoyat yuborib, pul talab qilayotgani aytildi

Ketma-ket shikoyatlar OAV sahifalarining cheklanishi yoki butunlay bloklanishiga olib kelishi mumkin. Bu esa nashrlarning auditoriyasini yoʻqotishi, reklama shartnomalari boʻyicha majburiyatlarini bajara olmasligi va moliyaviy zarar koʻrishiga sabab boʻlishi mumkin.

Shuningdek, ayrim holatlarda sahifalar bloklanganidan keyin nomaʼlum shaxslar ularni pul evaziga tiklab berishni taklif qilgani aytilmoqda. Biroq ularning ijtimoiy tarmoq xodimlari bilan aloqasi borligi haqidagi daʼvolari mustaqil tasdiqlanmagan.

Hozircha shikoyatlarni kimlar yuborayotgani aniqlanmagan. Biroq Repost nashriga koʻra, ayrim holatlarda bir xil elektron manzillar, oʻxshash iboralar va pul talab qilishning bir xil usullari qayd etilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid