Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va 10-anʼanaviy ilmiy-taʼlim forumi boshlandi
Anjumanda Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari oliy taʼlim muassasalari vakillari, Erasmus+ loyihalari koordinatorlari va xalqaro ekspertlar oliy taʼlimni isloh qilish, Erasmus+ loyihalari taʼsiri muhokama etiladi.

Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va 10-anʼanaviy ilmiy-taʼlim forumi boshlandi.
Ayni paytda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi hamda Oʻzbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi hamkorligida tashkil etilgan "Oliy taʼlimni rivojlantirish istiqbollari" mavzusidagi Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va "Ilmiy axborotdan foydalanish va nashr faolligi" 10-anʼanaviy ilmiy-taʼlim forumi boʻlib oʻtmoqda.

Anjuman 19–20 noyabr kunlari davom etadi.
Anjumanda Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari oliy taʼlim muassasalari vakillari, Erasmus+ loyihalari koordinatorlari va xalqaro ekspertlar oliy taʼlimni isloh qilish, Erasmus+ loyihalari taʼsiri, ilmiy tadqiqotlarda sunʼiy intellekt hamda nashr faolligini oshirish masalalarini muhokama qiladi.





