platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Bojxona deklaratsiyasini toʻldirish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi

Notijorat maqsadda olib kirayotgan shaxs temir yoʻl, daryo va avtomobil punktlari orqali 2 kundan kam, aeroport orqali 3 kundan kam boʻlsa yoki bir oy ichida xorijda 3 va undan ortiq marta boʻlsa, bojsiz olib kirish normalari qoʻllanilmaydi. 

Bojxona deklaratsiyasini toʻldirish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi

Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish boʻyicha yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

Nimalar oʻzgardi?

Elektron deklaratsiya xavf darajasi past deb baholansa, bojxona xodimisiz avtomatik rasmiylashtiriladi.

Bojsiz olib kirish:

• xalqaro aeroportlar orqali – 1000 $

• temir yoʻl va daryo orqali – 500 $

• avtomobil (piyoda) punkti orqali – 300 $

• alkogol – 2 litr

• sigareta – 200 dona, sigara – 5 dona, tamaki – 100 gr

• atir – 3 dona (har biri 300 ml dan oshmagan)

• BFQ – 10 xil nomda (jami 3 kg gacha)

Notijorat maqsadda olib kirayotgan shaxs temir yoʻl, daryo va avtomobil punktlari orqali 2 kundan kam, aeroport orqali 3 kundan kam boʻlsa yoki bir oy ichida xorijda 3 va undan ortiq marta boʻlsa, bojsiz olib kirish normalari qoʻllanilmaydi.

Deklaratsiyasiz olib chiqish:

• pul – 5000 $ gacha

• guruch – 3 kg, non-bulka – 5 kg

• goʻsht mahsulotlari – 2 kg, shakar – 2 kg, oʻsimlik moyi – 2 kg

• meva-sabzavot – 40 kg gacha

• zargarlik buyumlari – 65 gr oltin va 200 gr kumush.

Naqd milliy va xorijiy valyutada 100 mln soʻm ekvivalentidan ortiq mablagʻni olib chiqish mumkin emas.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid