platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Alimentdan qarzdor fuqaro quti ichidan topildi

Qarzdorga nisbatan mavjud 44 mlnsoʻm qarzdorligi sababli JIB Koson tuman sudi tomonidan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Alimentdan qarzdor fuqaro quti ichidan topildi

Majburiy ijro byurosining Platina.uz’ga maʼlum qilishicha, Koson tumanida 2024 yilda qidiruv eʼlon qilingan 32 yoshli fuqaro topilgan. Fuqaro 2018 yilda chiqarilgan sud buyrugʻiga asosan bir nafar farzandi taʼminoti uchun aliment toʻlashi lozim edi. Ammo u yillar davomida belgilangan toʻlovlarni toʻliq amalga oshirmay, kam miqdorda toʻlab kelgan.

Qarzdorning yashiringan joyini aniqlash maqsadida 2024 yilda unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan va u qidiruv tadbirlari davomida topilgan edi.

Biroq shundan keyin ham u oʻz xulosasini chiqarmadi. Bu safar ham davlat ijrochilaridan yashirinishga uringan qarzdor katta quti ichiga kirib, ustini koʻrpacha va turli buyumlar bilan berkitib oldi.

Lekin davlat ijrochilari vaziyatni sinchkovlik bilan oʻrganib, quti ichida kimdir yashiringanini aniqlashdi. Natijada qarzdorning navbatdagi yashirinishga boʻlgan urinishi ham samara bermadi.

Qarzdorga nisbatan mavjud 44 mlnsoʻm qarzdorligi sababli JIB Koson tuman sudi tomonidan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid