platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentda Rossiya fuqarosi oʻz joniga qasd qildi

U yashash manzili xonadonining 9-qavatidan oʻzini yerga tashlab yuborgan va olgan tan jarohatlari natijasida shu joyning oʻzida vafot etgan. 

Toshkentda Rossiya fuqarosi oʻz joniga qasd qildi

Joriy yilning 14 oktabr kuni Yunusobod tumani IIO FMB “102” tezkor xizmatiga xabar kelib tushgan.

Unga koʻra, 1972 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan Rossiya fuqarosi A. K. oʻzining yashash manzili xonadonining 9-qavatidan oʻzini yerga tashlab yuborgan va olgan tan jarohatlari natijasida shu joyning oʻzida vafot etgan.

Bu haqda Platina.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Mazkur baxtsiz hodisa yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, tekshiruv davomida fuqaro A.K. Toshkent shahar ruhiy va nevrologik kasalliklar klinik shifoxonasida “shizofreniya ijtimoiy xavfli toifasi” tashxisi bilan roʻyxatda turishi, baxtsiz hodisa yuz bergunga qadar Toshkent shahar IIBBning “102” qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilib, oʻzini-oʻzi oʻldirishini maʼlum qilganligi, shundan soʻng murojaat yuzasidan hududiy profilaktika inspektori voqea joyiga yetib borguniga qadar oʻzini 9-qavatdan tashlab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, natijasiga koʻra, 26.10.2026 yilda JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish qarori qabul qilingan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid