platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
TCM’26

TCM 2027 — ilk 1000 talik marrani zabt etdi

Ayni paytda Ozarbayjon, Xitoy, Germaniya, Eron, Qozogʻiston, Litva, Moldova, Pokiston, Qatar, Rossiya, Janubiy Koreya, Ukraina, BAA, Buyuk Britaniya va AQSh kabi 15 dan ortiq davlatdan kompaniyalar Tashkent Content Market platformasida roʻyxatdan oʻtgan.

TCM 2027 — ilk 1000 talik marrani zabt etdi

TCM 2027 — ilk 1000 talik marrani zabt etdi.

​2027 yilning 4–5 fevral kunlari poytaxtimizda ilk bora oʻtkaziladigan kontent bozorida ishtirok etish uchun www.tcm.uz saytida roʻyxatdan oʻtganlar soni 1000 nafardan oshdi.

​Dunyoning turli mamlakatlaridan kino, televideniye, raqamli media va kreativ industriya vakillari Tashkent Content Market 2027 atrofida birlashmoqda. Xalqaro hamkorliklar, kontent savdosi va yangi bozorlarga chiqish uchun bu — katta imkoniyat.

​Mediaga aloqangiz bormi? Unda hoziroq saytga oʻting! Chunki yil oxirigacha oʻzbekistonliklar uchun ishtirokchi sifatida roʻyxatdan oʻtish bepul!

​Shuningdek, media kompaniyalarni ham oʻz stendlarini tezroq band qilishga chorlaymiz. Ayni paytda Ozarbayjon, Xitoy, Germaniya, Eron, Qozogʻiston, Litva, Moldova, Pokiston, Qatar, Rossiya, Janubiy Koreya, Ukraina, Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya va AQSh kabi 15 dan ortiq davlatdan kompaniyalar Tashkent Content Market platformasida roʻyxatdan oʻtgan.

​Shuningdek, Netflix, Amazon, Banijay Americas, Apple, NBCUniversal, Roku, BBC Studios va Moscot Global Production Services (MGPS) kabi dunyoning yirik media va texnologiya kompaniyalari vakillarining ham tadbirga tashrifi va ishtiroki kutilmoqda.

​Eng qulay joylar band boʻlib bormoqda. Siz ham ulgurib qoling!

​Roʻyxatdan oʻtish va stend band qilish: www.tcm.uz.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid