platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyevning "Hozirgi zamon va Yangi Oʻzbekiston" kitobi Iordaniyada taqdimot qilinadi

Kitobda zamonaviy dunyoda kechayotgan murakkab geosiyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jarayonlar, insoniyat oldida turgan global muammolar hamda ularni hal etishda davlatlar zimmasidagi vazifalar chuqur tahlil qilingan. Asarning asosiy gʻoyasi — inson qadrini ulugʻlash, xalq manfaatlarini taʼminlash, huquq va erkinliklarni himoya qilish, har bir fuqaro uchun munosib hayot va taraqqiyot imkoniyatlarini yaratishdan iborat.

Shavkat Mirziyoyevning "Hozirgi zamon va Yangi Oʻzbekiston" kitobi Iordaniyada taqdimot qilinadi

19 noyabr kuni Iordaniya Hoshimiylar Podshohligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Hozirgi zamon va Yangi Oʻzbekiston" nomli asari taqdimoti boʻlib oʻtadi.

Mazkur tadbir Oʻzbekistonning bugungi taraqqiyot yoʻli, keng koʻlamli islohotlari, iqtisodiy va ijtimoiy salohiyati, boy tarixiy-madaniy merosi hamda mamlakatning xalqaro maydonda ilgari surayotgan tinchliksevar tashabbuslarini Iordaniya jamoatchiligiga keng tanitishga qaratilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2024 yilda nashr etilgan "Hozirgi zamon va Yangi Oʻzbekiston" kitobi amalga oshirilgan islohotlar sarhisobi emas. Unda zamonaviy dunyoda kechayotgan murakkab geosiyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jarayonlar, insoniyat oldida turgan global muammolar hamda ularni hal etishda davlatlar zimmasidagi vazifalar chuqur tahlil qilingan.

Asarning asosiy gʻoyasi — inson qadrini ulugʻlash, xalq manfaatlarini taʼminlash, huquq va erkinliklarni himoya qilish, har bir fuqaro uchun munosib hayot va taraqqiyot imkoniyatlarini yaratishdan iborat.

Muallif mamlakat taraqqiyotini faqat iqtisodiy koʻrsatkichlar yoki ishlab chiqarish hajmi bilan baholash mumkin emasligini taʼkidlaydi. Asl yuksalish insonning hayot sifati, bilim va salohiyati, huquqlari, ijtimoiy himoyasi hamda jamiyatdagi adolat va ishonch muhiti bilan belgilanadi.

Kitobda ilgari surilgan "Davlat — inson uchun" tamoyili Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlarning bosh mezoni sifatida namoyon boʻladi. Taʼlim, ilm-fan, sogʻliqni saqlash, kambagʻallikni qisqartirish, bandlikni taʼminlash, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va davlat boshqaruvini takomillashtirish kabi yoʻnalishlar yagona strategik maqsad — inson manfaatlariga xizmat qiladigan adolatli va farovon jamiyatni barpo etish gʻoyasi atrofida birlashtirilgan.

Bugun Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab olgan. Mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, investitsiyaviy muhitni yaxshilash, xususiy sektor va tadbirkorlikni rivojlantirish, sanoatni modernizatsiya qilish, eksport salohiyatini oshirish va hududlarni kompleks taraqqiy ettirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Iqtisodiy oʻsish surʼatlari ushbu islohotlarning amaliy natijalarini koʻrsatmoqda. 2025 yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti 7,7 foizga oʻsib, qariyb 147 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasi 81,2 milliard dollarga yetdi, xorijiy investitsiyalar hajmi esa 43 milliard dollardan oshdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Hozirgi zamon va Yangi Oʻzbekiston" asari turli mamlakatlardagi kitobxonlar va xalqaro jamoatchilik eʼtiborini qozonmoqda. Kitob arab, ingliz, italyan, rus va urdu tillariga tarjima qilinib, keng xalqaro auditoriyaga taqdim etilgani uning gʻoyaviy-maʼrifiy ahamiyati va turli xalqlar oʻrtasida muloqot oʻrnatishdagi oʻrnini namoyon etadi.

Asarning Iordaniyada taqdim etilishi, avvalo, arab jamoatchiligini Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot konsepsiyasi, amalga oshirilayotgan islohotlar va mamlakatning xalqaro maydondagi pozitsiyasi bilan yaqindan tanishtirish imkonini beradi.

Shuningdek, tadbir ikki mamlakat olimlari, ziyolilari, jurnalistlari, madaniyat vakillari hamda ekspertlari oʻrtasida fikr almashish, ilmiy-maʼrifiy hamkorlikni kengaytirish va yangi qoʻshma loyihalar uchun muloqot maydoni boʻlib xizmat qilishi kutilmoqda.

Taqdimot doirasida Oʻzbekistonning iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyatlari, tarixiy-madaniy merosi, diniy-maʼrifiy salohiyati, turizm yoʻnalishlari hamda Iordaniya bilan hamkorlikning yangi istiqbollariga alohida eʼtibor qaratiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid