Netanyahu Isroil parlamenti ustidan nazoratni boy bermoqda
Muxolifatchi siyosatchi Matan Kaxana Knesset raisi etib saylandi. Unga 120 deputatdan 66 nafari, jumladan, arab partiyalari vakillari ham ovoz bergan.

Bosh vazir Benyamin Netanyahu Isroil parlamenti ustidan nazoratni yoʻqotdi. Muxolifatchi siyosatchi Matan Kaxana Knesset raisi etib saylandi.
Shu tariqa Isroil muxolifati sezilarli muvaffaqiyatga erishdi: parlament saylovlaridan uch hafta oʻtgach, uning vakili Matan Kaxana Knessetning yangi spikeri etib saylandi.
Sobiq din ishlari vaziri 17 noyabr, seshanba kuni berilgan 120 ovozdan 66 tasini oldi. 54 yoshli siyosatchi markazchi "Yashar" partiyasini ifodalaydi, uning raisi Gadi Ayzenkotga yangi hukumat tuzish vazifasi yuklatilgan.
Kaxana Bosh vazir Benyamin Netanyaxuning oʻng qanot konservativ "Likud" partiyasi vakili Amir Oxananing oʻrnini egalladi. Muxolifat lageri spikerning oʻrnini bosuvchi shaxs parlament jarayonlariga koʻproq taʼsir koʻrsatishga imkon berishiga umid qilmoqda.
Muxolifatning maqsadi Netanyaxu hukumati 2023 yil boshidan beri ilgari surib kelayotgan bahsli sud islohotining asosiy elementlarini bekor qilishdir.
Netanyahu tarafdorlari Kaxananing saylanishini “Isroil dushmanlari” qoʻllab-quvvatlashi bilan izohladi.





