MBFITI koreyalik olimlarga "Faxriy professor" unvonini berdi
Mazkur unvon olimlarning ilmiy faoliyati, farmatsevtika fanlari rivojiga qoʻshgan hissasi va xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlashdagi ishtiroki uchun taqdim etildi.

Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot institutida koreyalik olimlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda professorlarning farmatsevtika ilm-fanidagi yutuqlari hamda xalqaro akademik hamkorlikka qoʻshgan hissasi eʼtirof etildi.

Quyidagi olimlarga institutning "Faxriy professor" unvoni berildi:
Gyoonhee Han
Hunjoo Ha
Jaesung No
Mazkur unvon olimlarning ilmiy faoliyati, farmatsevtika fanlari rivojiga qoʻshgan hissasi va xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlashdagi ishtiroki uchun taqdim etildi.
Uchrashuv doirasida institutda amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar yuzasidan muzokaralar olib borildi. Tomonlar mavjud tadqiqotlarni rivojlantirish, tajriba almashish hamda loyihalar doirasida oʻzaro hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.
.jpg)
Muloqotda institutning ilmiy salohiyati va professorlarning tajribasini uygʻunlashtirish orqali hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Bunday uchrashuvlar xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash va qoʻshma izlanishlar uchun yangi imkoniyatlarni ochishga xizmat qiladi.





