Korrupsiya boʻyicha tekshiruvda 1,5 mingdan ortiq xodim ishdan boʻshatildi
2026 yilning yanvar–oktabr oylarida davlat tashkilotlarida 5 ming 368 ta xizmat tekshiruvi oʻtkazilgan.

Korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar natijasida 10 oyda 1,5 mingdan ortiq xodim ishdan boʻshatildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi maʼlumotiga koʻra, 2026 yilning yanvar–oktabr oylarida davlat tashkilotlarida 5 ming 368 ta xizmat tekshiruvi oʻtkazilgan.
Tekshiruvlar natijasida 594 ta jinoiy, 160 ta maʼmuriy va 4 ming 604 ta intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan. 1 ming 565 ta holatda mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Shuningdek, 10 oyda 18 ming 970 ta ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvining oldi olingan, 1 ming 689 ta mavjud holat bartaraf etilgan. Davlat xaridlarida esa 297,4 mlrd soʻmlik 114 ta xarid boʻyicha manfaatlar toʻqnashuvi va affillanganlik bilan bogʻliq qonunbuzilishlar aniqlanib, bartaraf etilgan.





