platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

"1-sinfga oʻzbek sinfi topilmaydi. Davlat tili nima boʻladi?" — Alisher Qodirov

"Bolalarni 6 yoshdan maktabga qamrab olishda, fundamental til bilan bogʻliq muammoni hali hech kim koʻrmayapti. Gapiryapmiz — hech kim koʻrmayapti, hech kim eshitmayapti ham bu narsani. Boshlangʻich "pochemuchka" qilayapmiz, toʻgʻrimi? Maktablarimiz ham boshqa tilda ochilib ketyapti. Birinchi sinfga borsangiz, oʻzbek tilida sinf topa olmaysiz. Nima emish, ota-onalar tanlaganmish? Davlat nima boʻladi? Davlat tili nima boʻladi? Milliy qadriyatimiz nima boʻladi? Oʻzbekiston nima boʻladi?" - dedi Milliy tiklanish demokratik partiyasi rahbari.

"1-sinfga oʻzbek sinfi topilmaydi. Davlat tili nima boʻladi?" — Alisher Qodirov

Milliy tiklanish demokratik partiyasining rahbari Alisher Qodirov bolalarni 6 yoshdan boshlab maktab bilan qamrab olish masalasi yuzasidan fikr bildirib, bunda avvalo qamrab olish hajmiga emas, bolalarni qanday oʻqitish masalasiga eʼtibor qaratish kerakligini gapirdi. Deputatga koʻra bolalarga taʼlim va tarbiya oʻzbek tilida berilishi kerak.

Taʼlim va ilm-fan vazirligi tomonidan taklif etilgan qonun tashabbusining Milliy tiklanish demokratik partiyasi muhokamasida Qodirov "olti yoshli bolani qamrab olish maqsadi bormi?" degan savolni oʻrtaga tashlagan. Hatto bogʻchaga bormagan bolaning ota-onasi uni maktabga olib kelishga majbur boʻlsin va u yerda oʻzbek tili oʻrgatilishi kerakligini aytmoqda.

"Muammoning boshida, fundamental til bilan bogʻliq muammoni hali hech kim koʻrmayapti. Gapiryapmiz — hech kim koʻrmayapti, hech kim eshitmayapti ham bu narsani. Boshlangʻich "pochemuchka" qilayapmiz, toʻgʻrimi? Maktablarimiz ham boshqa tilda ochilib ketyapti. Birinchi sinfga borsangiz, oʻzbek tilida sinf topa olmaysiz. Nima emish, ota-onalar tanlaganmish? Davlat nima boʻladi? Davlat tili nima boʻladi? Milliy qadriyatimiz nima boʻladi? Oʻzbekiston nima boʻladi, agar sizlar oʻylamasanglar shu haqida", degan partiya rahbari deputatlarga qarata.

Qodirovga koʻra, hozirgi yangi qonunda olti yoshdan bolani qamrab olish reja tagida xalqimiz kelajagini oʻylash maqsadi boʻlishi kerak.

Maʼlumot uchun deputat avval ham oʻzbek tili va bu tilda taʼlim berish masalasida bir necha marta keskin fikrlar bildirgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid