platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentda qarovsiz hayvonlar va qushlarning ommaviy nobud boʻlishi kuzatildi

Poytaxt hokimligi zaharli moddalar qoʻllangan boʻlishi ehtimoli ortidan aholi xavfsizligiga alohida eʼtibor qaratilishini maʼlum qilgan. Fuqarolardan nobud boʻlgan hayvonlar topilgan aniq manzillarni, shuningdek, hodisa tafsilotlarini aniqlashga yordam beradigan har qanday maʼlumotni maʼlum qilish soʻralgan.

Toshkentda qarovsiz hayvonlar va qushlarning ommaviy nobud boʻlishi kuzatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Uchtepa tumani Chilonzor-26 mavzesi hududida qarovsiz hayvonlar va qushlarning ommaviy nobud boʻlayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Aholi bunga qasddan zaharlash sabab boʻlganini taxmin qilgan. Tuman hokimligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, vaziyat tuman hokimligi nazoratiga olingan.

“Masʼul xizmatlar bilan birgalikda hodisa tafsilotlari tegishli tartibda qayd etilgach, hududni koʻzdan kechirish hamda nobud boʻlgan hayvonlar va qushlarni yigʻishtirib olish ishlari tashkil etilmoqda.

Hayvonlar oʻlimi sabablarini aniqlash uchun vakolatli xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar jalb etiladi. Qonunga xilof harakatlar sodir etilgani oʻz tasdigʻini topsa, aybdorlar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi shart”, deyiladi munosabatda.

Hokimlik zaharli moddalar qoʻllangan boʻlishi ehtimoli ortidan aholi xavfsizligiga alohida eʼtibor qaratilishini maʼlum qilgan. Fuqarolardan nobud boʻlgan hayvonlar topilgan aniq manzillarni, shuningdek, hodisa tafsilotlarini aniqlashga yordam beradigan har qanday maʼlumotni maʼlum qilish soʻralgan.

Shuningdek, vaziyatga toʻliq oydinlik kiritilgunga qadar shubhali moddalarga qoʻl tekkizmaslik, bolalar va uy hayvonlarini ularga yaqinlashtirmaslik tavsiya qilingan.

Hokimlik kelib tushgan maʼlumotlar yuzasidan chuqur afsusda ekanini, hayvonlarga nisbatan har qanday shafqatsizlik koʻrinishlari qatʼiy qoralanishini qoʻshimcha qilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid