Toshkent osmonida bayroq va dronlar shousi namoyish etiladi
Mamlakat boʻylab “Bir bayroq ostida” respublika estafetasini oʻtkazilmoqda. Estafeta doirasida Nukus, Termiz va Andijondan yoʻlga chiqqan, jami 2 440 kilometr masofani bosib oʻtayotgan ramziy bayroqlar 18 noyabr kuni Toshkentda birlashadi.

18 noyabr kuni Toshkent osmonida bayroq va dronlar shousi namoyish etiladi.
Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mamlakat boʻylab “Bir bayroq ostida” respublika estafetasini oʻtkazmoqda.
_EJQ2dmT.jpg)
_ToUsYWS.jpg)
Estafeta doirasida Nukus, Termiz va Andijondan yoʻlga chiqqan, jami 2 440 kilometr masofani bosib oʻtayotgan ramziy bayroqlar 18 noyabr kuni Toshkentda birlashadi. Shu kuni davlat bayrogʻi vertolyotda poytaxt osmoni uzra olib oʻtiladi. Kechqurun esa dronlar shousi namoyish etiladi.
Bayram tadbiri 18 noyabr kuni soat 17:00 da Toshkent shahridagi “Xalqlar doʻstligi” saroyi maydonida boʻlib oʻtadi.





