Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga sovgʻa qilgan ayvonlar Vashingtonda oʻrnatildi
Bu sovgʻa AQSh mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan avgust oyida prezident Donald Tramp va Amerika xalqiga taqdim etilgandi.

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga sovgʻa qilgan oʻzbek ayvonlari 17 noyabr kuni Vashingtondagi West Potomac Park hududiga oʻrnatildi.
Bu haqda Oʻzbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov maʼlum qildi.


Bu sovgʻa AQSh mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan avgust oyida prezident Donald Tramp va Amerika xalqiga taqdim etilgandi. Furqat Sidiqov sovgʻani Amerika xalqi nomidan qabul qilgani uchun Donald Trampga minnatdorlik bildirdi.






