platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Poytaxtning 8 ta tumaniga prokurorlar tayinlandi

Adliya katta maslahatchisi Yahyo Abdugʻaniyevich Abdurahmonov Mirzo Ulugʻbek tumani prokurori lavozimiga tayinlandi. Yahyo Abdurahmonov tayinlovga qadar Yunusobod tumani prokurori lavozimida ishlagan.

Poytaxtning 8 ta tumaniga prokurorlar tayinlandi

Bosh prokurorning buyruqlariga muvofiq, Toshkent shahrining Mirobod, Sergeli, Yunusobod, Chilonzor, Yashnobod, Olmazor, Mirzo Ulugʻbek hamda Yakkasaroy tumanlariga yangi prokurorlar tayinlandi.

Bosh prokurorning buyrugʻiga asosan adliya katta maslahatchisi Yahyo Abdugʻaniyevich Abdurahmonov Mirzo Ulugʻbek tumani prokurori lavozimiga tayinlandi.
Yahyo Abdurahmonov tayinlovga qadar Yunusobod tumani prokurori lavozimida ishlagan.

Adliya katta maslahatchisi Axror Ganiyevich Axunov Yakkasaroy tumani prokurori lavozimiga tayinlandi.
A.Axunov tayinlovga qadar Olmazor tumani prokurori lavozimida ishlagan.

Abduraxim Akramjon oʻgʻli Muxiddinov Olmazor tumani prokurori lavozimiga tayinlandi. A.Muxiddinov tayinlovga qadar Bosh prokuraturaning Yoqilgʻi-energetika sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Bosh prokurorning buyrugʻiga asosan adliya katta maslahatchisi Oybek Rajabboy oʻgʻli Shamuratov Yashnobod tumani prokurori lavozimiga tayinlandi. O.Shamuratov tayinlovga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Bosh prokurorning buyrugʻiga asosan adliya katta maslahatchisi Sarvar Tuxtamurodovich Bazarov Chilonzor tumani prokurori lavozimiga tayinlandi. S.Bazarov tayinlovga qadar Samarqand viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Ibroxim Asatovich Rasulov Yunusobod tumani prokurori lavozimiga tayinlandi. I.Rasulov tayinlovga qadar Buxoro viloyati prokurorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Adliya katta maslahatchisi Sirojiddin Boʻriyevich Fayziyev Sergeli tumani prokurori lavozimiga tayinlandi. S.Fayziyev tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Adliya katta maslahatchisi Kobiljon Numonovich Axmadjanov Mirobod tumani prokurori lavozimiga tayinlandi. K.Axmadjanov tayinlovga qadar Namangan viloyati prokurorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid