Oʻzbekistondagi avtomobil bozorida “Chevrolet” oʻrnini Xitoy brendlari egallamoqda
2026 yilning oʻn oyida Xitoy avtomobil brendlarining umumiy bozor ulushi 18,4 foizni tashkil etdi. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 6,8% punktga koʻp.

Oʻzbekiston bozoridagi Xitoy avtomobil brendlarining umumiy ulushi 18,4 foizga oshib, sotuv bir yil ichida 48,2 foizga oshgan. 2026 yilning birgina oktabr oyida 36,2 ming yengil avtomobil sotilgan, bu oʻtgan yilning mos davriga qaraganda 12 foizga kam. Bu haqda Oʻzbekiston Avtomobil biznesi assotsiatsiyasi maʼlum qildi.
Tashkilotning oʻtgan 9 oyga bagʻishlangan hisobotiga koʻra, Chevrolet Oʻzbekiston avtomobil bozoridagi ulushi 74 foiz ulush bilan yetakchilikni saqlab qolmoqda. Ikkinchi oʻrinda 12,3 foiz ulush bilan ADM Global egalladi. Uning 1,5 foiz punktga oshgan. BYD esa 10,7 foiz ulush bilan uchinchi oʻrinni egallagan. Kompaniya ulushi bir yil ichida 5,1% punktga yetgan.
2026 yil oktabr oyida Oʻzbekistonda 36,2 ming dona yangi avtomobil sotilgan. Bu 2025 yil oktabriga nisbatan qariyb 12 foizga kam, sentabr oyiga nisbatan esa 6,3 foizga koʻp.
Yanvar–oktabr oylarida jami 318,9 ming dona yangi avtomobil sotilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 22,2 ming donaga yoki 6,5 foizga kam.
2026 yilning oʻn oyida Xitoy avtomobil brendlarining umumiy bozor ulushi 18,4 foizni tashkil etdi. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 6,8% punktga koʻp. Bozor umumiy hisobda qisqarganiga qaramay, Xitoy avtomobillari sotuvi 48,2 foizga oshgan.
Oktabrda sentabrga nisbatan Soueast sotuvi 75,3%, Geely 29,8%, Chevrolet 13,4% va Chery 9,1 foizga oshgan. Eng katta pasayish Deepal’da — 62,7%. Changan sotuvi 61,3%, Li Xiang 51,4% va Haval 47,1 foizga kamaygan.
Modellar kesimida sentabrga nisbatan eng katta oʻsish Chevrolet Cobalt’da qayd etildi — sotuv 2,2 ming donaga koʻp oshgan.
Chevrolet Damas sotuvi 1,8 ming donaga, BYD Song Plus DM-i Champion 496 donaga, BYD Yuan Up DM-i 246 donaga va Soueast S08 DM 195 donaga oshgan.
Eng katta pasayish esa BYD Chazor Champion’da kuzatildi — sotuv 820 donaga kamaygan. Kia Sonet 506 dona, Chevrolet Tracker 456 dona, Haval Jolion 325 dona va Chevrolet Labo 268 dona kamayish qayd etgan.
2026 yil yanvar–oktabr oylarida hududlar orasida eng koʻp yangi avtomobil Toshkent shahrida sotilgan — 92,6 ming dona. Keyingi oʻrinlarda Samarqand viloyati — 25,9 ming dona va Fargʻona viloyati — 25,1 ming dona bilan qayd etilgan.
Eng kam sotuv Sirdaryo viloyatida — 4,9 ming dona va Qoraqalpogʻistonda — 9,4 ming dona boʻlgan.




