platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

Oʻzbekistonda ikkita xorijiy bank vakolatxona ochadi

Fransiyaning Societe Generale banki va Koreya Respublikasining Hana Bank banki vakolatxonalari akkreditatsiyadan oʻtkazildi. 

Oʻzbekistonda ikkita xorijiy bank vakolatxona ochadi

Oʻzbekistonda ikkita xorijiy bank vakolatxona ochmoqda.

Markaziy bank Fransiyaning Societe Generale banki va Koreya Respublikasining Hana Bank banki vakolatxonalarini akkreditatsiyadan oʻtkazdi.

Societe Generale banki 1864 yilda tashkil etilgan boʻlib, dunyoning 58 ta mamlakatida faoliyat yuritadi va Yevropaning yetakchi bank va moliyaviy xizmatlar guruhlaridan biri hisoblanadi.

Hana Financial Group tarkibiga kiruvchi Hana Bank 2015 yil 1 sentabrda Korea Exchange Bank bilan birlashgan, Koreyaning yirik tijorat banklaridan biri hisoblanadi. Bank dunyoning 27 ta mamlakatida oʻz faoliyatini amalga oshiradi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid