platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Oʻzbekiston va Oʻmon oʻrtasida Strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi

Mazkur bitim oʻzaro munosabatlarni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan. Shuningdek, marosimda oʻzaro vizadan ozod qilish boʻyicha hujjat almashildi.  

Oʻzbekiston va Oʻmon oʻrtasida Strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi

Masqat shahrida oʻtkazilgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi va Oʻmon Sultonligi oʻrtasida imzolangan Strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitim oʻzaro munosabatlarni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan boʻlib, hamkorlikning barcha jabhalarini rivojlantirishni koʻzda tutadi.

Oʻzbekiston va Oʻmon oʻrtasida Strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi

Shuningdek, marosimda oʻzaro vizadan ozod qilish, sanoat kooperatsiyasi, moliya va iqtisodiyot, imtiyozli savdo, erkin iqtisodiy zonalar, bojxona, transport-logistika, kommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari, uy-joy hamda shaharsozlik, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, sogʻliqni saqlash, atrof-muhitni himoya qilish, mehnat va inson resurslari, taʼlim, madaniyat va sport, boshqaruv va davlat xizmati, arxivlashtirish hamda boshqa sohalar boʻyicha qabul qilingan 30 dan ziyod hujjatlar almashildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid