Namangandagi omborda qiymati 3,3 mlrd soʻmdan ortiq sifati nomaʼlum dorilar saqlanayotgani aniqlandi
Hozirda dorilar protsessual tartibda olib qoʻyilib, ularning xususiyatini aniqlash uchun ekspertiza tayinlangan.

Namangan shahrida yashovchi, 1996 y.t. shaxs oʻziga tegishli xonadonda yashirin ombor tashkil etib, dastlabki qiymati 3,3 mlrd soʻmdan ortiq sifati kafolatlanmagan dorilar saqlayotgani aniqlandi. Bu haqda DXX Platina.uzʼga xabar berdi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi Bojxona, Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Yangi Namangan tumanidagi «Mingterak» mahallasidagi xonadon koʻzdan kechirilganda:
-xorijda ishlab chiqarilgan 156 turdagi kamyob dorilar topilgan;
-ularning umumiy soni 23 432 birlikni tashkil etadi;
-mamlakatimizga noqonuniy olib kirilgan dorilarning qiymati esa 3,3 mlrd soʻmdan oshadi.
Hozirda kontrafakt ekani gumon qilinayotgan dorilar protsessual tartibda olib qoʻyilib, ularning xususiyatini aniqlash uchun ekspertiza tayinlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari davom etmoqda.





