Moʻgʻuliston prezidenti isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi
Avvalroq mamlakat Demokratik partiyasining parlamentdagi fraksiyasi Moʻgʻuliston rahbarini korrupsiyada ayblab, tanqid qilgan edi.

Moʻgʻuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.
"Moʻgʻuliston prezidenti isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi", deyiladi xabarda. Isteʼfo sabablari keltirilmagan.
Avvalroq mamlakat Demokratik partiyasining parlamentdagi fraksiyasi Moʻgʻuliston rahbarini korrupsiyada ayblab, tanqid qilgan edi.
Uxnaagiyn Xurelsux "oʻzining shaʼni va qadr-qimmatini tiklash uchun" tegishli organlarga murojaat qilmoqchi.
U 2021 yil beri davlat rahbari edi.





