platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

"El-yurt umidi" stipendiatlardan xarajatlarni undirishda davlat boji toʻlamaydi

Yangi qonunga koʻra, "El-yurt umidi" jamgʻarmasi stipendiya shartlarini bajarmagan talabalardan oʻqish xarajatlarini sud orqali undirishda davlat boji toʻlamaydi. Vazirlik va idoralar hujjatlari loyihalari esa kamida 10 kun jamoatchilik muhokamasida boʻladi.

"El-yurt umidi" stipendiatlardan xarajatlarni undirishda davlat boji toʻlamaydi

"El-yurt umidi" jamgʻarmasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

OʻRQ—1190-son qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.

Yangi qonunga koʻra, jamgʻarma xorijda oʻqish boʻyicha shartnoma shartlarini bajarmagan stipendiatlardan taʼlim xarajatlarini undirish haqidagi daʼvolar boʻyicha davlat boji toʻlamaydi.

Shuningdek, vazirlik va idoralar buyruq hamda qarorlari loyihalarining jamoatchilik muhokamasi kamida 10 kun davom etishi belgilandi. Agar dastlabki 5 kun ichida loyiha boʻyicha hech qanday taklif yoki fikr kelib tushmasa, hujjat Adliya vazirligiga huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yuborilishi mumkin.

Avvalroq, jamgʻarma ijrochi direktori Gulnoza Ismailova Platina.uz’ga bergan intervyusida oxirgi besh yil ichida 30 nafar talaba stipendiatlik maqomidan mahrum qilinganini maʼlum qilgan edi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid