17 dekabrdan Toshkent – Astraxan yoʻnalishida yangi poyezd yoʻlga qoʻyiladi
Poyezd haftasiga bir marta qatnaydi.

17 dekabrdan Toshkent – Astraxan yoʻnalishida yangi yoʻlovchi poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
2026 yil 17 dekabrdan Toshkent – Astraxan – Toshkent yoʻnalishida 149/150-sonli xalqaro yoʻlovchi poyezdi harakatlana boshlaydi.
Bu haqda Transport vazirligi maʼlum qildi.
Poyezd haftasiga bir marta quyidagi jadval asosida qatnaydi:
– Toshkentdan: 17 dekabrdan har payshanba soat 18:00 da Markaziy vokzaldan joʻnab, shanba soat 19:00 da Astraxanga yetib boradi;
– Astraxandan: 20 dekabrdan har yakshanba soat 02:01 da joʻnab, seshanba soat 04:35 da Toshkent Markaziy vokzaliga yetib keladi.





