Shavkat Mirziyoyev Oʻmonga joʻnab ketdi
Masqat shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki davlat delegatsiyalari va ishbilarmon doira vakillari ishtirokida bir qator qoʻshma tadbirlar boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning taklifiga binoan 16 noyabr kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Masqat shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki davlat delegatsiyalari va ishbilarmon doira vakillari ishtirokida bir qator qoʻshma tadbirlar boʻlib oʻtadi.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjat va bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.





