Shavkat Mirziyoyev Oʻmon Sultonligiga yetib bordi
Mamlakat havo hududida davlatimiz rahbarining samolyotini sultonlik Harbiy-havo kuchlarining qiruvchilari kuzatib bordi. Masqat xalqaro aeroportida Prezidentimizni Oʻmon Sultoni kutib oldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Oʻmon Sultonligiga keldi.
Mamlakat havo hududida davlatimiz rahbarining samolyotini sultonlik Harbiy-havo kuchlarining qiruvchilari kuzatib bordi.
Masqat xalqaro aeroportida Prezidentimizni Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said va sultonlikning yuqori darajali rasmiylari kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Yetakchilar rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar va faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar.
Aeroportning Sultonlik terminalida boʻlib oʻtgan qisqa suhbatdan soʻng davlat rahbarlari birgalikda “Al-Aʼlam” saroyiga yoʻl oldilar.





