platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda soy kechib maktabga boradigan bolalar uchun koʻprik quriladi

Koʻprikni bir oy ichida qurib, foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda. 

Qashqadaryoda soy kechib maktabga boradigan bolalar uchun koʻprik quriladi

Qashqadaryoda soy kechib maktabga boradigan bolalar uchun koʻprik quriladi.

Dehqonobod tumanidagi Jingil qishlogʻida 84-maktab oʻquvchilari soydan kechib maktabga borishga majbur boʻlayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlgandi.

Masʼullar muammoni oʻrganib, hududda 50–60 metr uzunlikdagi osma piyodalar koʻprigi qurishga qaror qildi.

Koʻprikni bir oy ichida qurib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Bir necha kun avval Qashqadaryoda ota-onalar bolalarni maktabga olib borish uchun daryodan koʻtarib oʻtayotgani videosi tarqalgandi.

Viloyat hokimligi masʼullar tomonidan muammoning doimiy yechimini topish yuzasidan tegishli ishlar olib borilayotganini bildirgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid