platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Ol Said” ordeni bilan taqdirlandi

Oʻz navbatida, Oʻzbekiston yetakchisi Oʻmon Sultonini mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro anglashuvni mustahkamlash, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni izchil rivojlantirishga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan mukofotladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Ol Said” ordeni bilan taqdirlandi

Masqat shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidni ikki mamlakatning oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlashga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Oʻmon Sultoni ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlash, koʻp qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Prezidentimizni Sultonlikning oliy davlat mukofoti – “Ol Said” ordeni bilan taqdirladi.

Davlatimiz rahbari bunday yuksak eʼtirof uchun Oʻmon Sultoniga samimiy minnatdorlik bildirib, ushbu mukofotni butun Oʻzbekiston xalqiga, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi azaliy doʻstlik va mustahkam hamkorlikka koʻrsatilgan yuksak hurmat ifodasi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Ol Said” ordeni bilan taqdirlandi

Oʻz navbatida, Prezidentimiz Oʻmon Sultonini mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro anglashuvni mustahkamlash, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni izchil rivojlantirishga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan mukofotladi.

Taʼkidlanganidek, ushbu mukofot Oʻmon Sultonining ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yoʻlidagi saʼy-harakatlariga Oʻzbekiston xalqi va davlati tomonidan bildirilgan yuksak ehtirom ifodasidir.

Yetakchilarning oliy davlat mukofotlari bilan oʻzaro taqdirlanishi tomonlarning koʻp qirrali sheriklikni yanada mustahkamlashga boʻlgan qatʼiy intilishini namoyon etdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid