Milliy sertifikat boʻyicha testlar sotilyaptimi? Agentlik izoh berdi
Aytilishicha, ushbu daʼvolar hech qanday dalil bilan tasdiqlanmagan. Sotilayotgani aytilgan savollarning imtihonlarda qoʻllaniladigan test topshiriqlariga ham, agentlik xodimlariga ham aloqadorligi haqida asos yoʻq.

Ijtimoiy tarmoqlarda milliy sertifikat imtihonlari oldidan “X variant” nomi ostida test savollari sotilayotgani boʻyicha xabarlar tarqaldi.
Holatga Bilim va malakalarni baholash agentligining hududiy boʻlimlari xodimlari va ayrim repetitorlar aloqador ekani aytilgan.
Mazkur xabarlar yuzasidan Bilim va malakalarni baholash agentligi munosabat bildirdi.
Aytilishicha, ushbu daʼvolar hech qanday dalil bilan tasdiqlanmagan. Sotilayotgani aytilgan savollarning imtihonlarda qoʻllaniladigan test topshiriqlariga ham, agentlik xodimlariga ham aloqadorligi haqida asos yoʻq.
Milliy sertifikat imtihonlarida test topshiriqlarining maxfiyligi va xavfsizligi belgilangan tartibda taʼminlangan.
“Fuqarolardan tasdiqlanmagan maʼlumotlarga ishonmaslikni va “100 foiz kafolatlangan savollar” vaʼdasi bilan pul talab qilayotgan shaxslardan ehtiyot boʻlishni soʻraymiz. Bunday holatlarga oid aniq dalillar boʻlsa, ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish mumkin”, deyiladi xabarda.





