Kadastr xodimlari Toshkent viloyatidagi manzil-koloniyaga bordilar
Tashrif davomida xodimlar muassasadagi mavjud sharoitlar, saqlash xonalari va infratuzilma bilan tanishib, korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etgan mahkumlar bilan ochiq muloqotda ishtirok etdilar.

Korrupsiya va jinoyatchilikni oldini olish hamda xizmat intizomini mustahkamlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tizim xodimlarining Toshkent viloyatidagi 48-son manzil-koloniyasiga profilaktik tashrifi tashkil etildi.

Tashrif davomida xodimlar muassasadagi mavjud sharoitlar, saqlash xonalari va infratuzilma bilan tanishib, korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etgan mahkumlar bilan ochiq muloqotda ishtirok etdilar.
Qayd etilganidek, mansabni suiisteʼmol qilish yoki qonunni chetlab oʻtish nafaqat xizmat faoliyatiga, balki insonning oilasi, obroʻsi va kelajagiga ham soya soladi.

Ushbu profilaktik tashrifdan koʻzlangan maqsad ham aynan shu: har bir xodimni qilmishning oqibatini oldindan anglashga, har qanday vaziyatda qonun va vijdonga tayanishga, korrupsiyaviy takliflarga qatʼiy rad javobini berishga undashdir.





