Iordaniyada Telegram bloklandi
Messenjerdan ekstremizm, fundamentalizmni targʻib qilish va kiberjinoyatlar sodir etishda foydalanilgani bunga sabab qilib koʻrsatilgan.

Iordaniyada Telegram messenjeri bloklandi.
Messenjerdan ekstremizm, fundamentalizmni targʻib qilish va kiberjinoyatlar sodir etishda foydalanilgani sababli unga kirish cheklangan.
Rasmiylarga koʻra, bu chora raqamli xavfsizlikni kuchaytirish va internetdagi noqonuniy faoliyatga chek qoʻyishga qaratilgan.
Eslatib oʻtamiz, messenjer Rossiya, Xitoy, Eron kabi davlatlarda ham bloklangan.





