Ilhom Aliyevning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga kiberhujumlar uyushtirilmoqda
Hozircha hujumlarning manbasi, tashkilotchilari va qaysi ijtimoiy tarmoq akkauntlari nishonga olingani haqida maʼlumot berilmagan.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlariga nisbatan kiberhujumlar amalga oshirilmoqda.
Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tegishli idoralar tomonidan kiberhujumlarning oldini olish va ularni tekshirish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.
Hozircha hujumlarning manbasi, tashkilotchilari va qaysi ijtimoiy tarmoq akkauntlari nishonga olingani haqida maʼlumot berilmagan.





