platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Chilonzorda Nexia daraxtga urilib, boʻlinib ketdi: uch kishi halok boʻldi

Avtomobilni 18 yashar fuqaro boshqargan. Dastlabki maʼlumotga koʻra, YTHga avtoulov rul boshqaruvida vujudga kelgan texnik nosozlik sabab boʻlgan.

Chilonzorda Nexia daraxtga urilib, boʻlinib ketdi: uch kishi halok boʻldi

16 noyabr kuni tongda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Nexia-3 yoʻl chetidagi daraxtga urilib, boʻlinib ketdi. Hodisa oqibatida 3 kishi halok boʻldi. Bu haqda poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 04:50 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shox koʻchasida Nexia-3 rusumli avtotransport vositasini boshqarib ketayotgan 2008 yilda tugʻilgan T.A ismli haydovchi rul boshqaruvini yoʻqotgan. Oqibatda avtomobil yoʻl chetidagi daraxtga borib urilib, YTH sodir etgan. Dastlabki maʼlumotga koʻra, YTHga avtoulov rul boshqaruvida vujudga kelgan texnik nosozlik sabab boʻlgan.

Hodisa oqibatida haydovchi va uning yonida boʻlgan 2 nafar yoʻlovchi shifoxonada vafot etgan.

Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi tegishli qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid