Armanistonda jurnalist va siyosatshunos jonli efirda mushtlashib ketishdi
"Ona Armaniston" muxolifat harakati vakili Boris Murazi va siyosatshunos Harutyun Mkrtchyan Jamoatchilik televideniyesidagi "Katta munozara" dasturida urishib ketdilar. Boshlovchilar koʻrsatuvni toʻxtatib, xavfsizlik xodimlarini chaqirishga majbur boʻldi.

Armanistonda jurnalist va siyosatshunos jonli efirda mushtlashib ketishdi. Ommaviy axborot vositalari janjal lavhalarni tarqatmoqda.
"Ona Armaniston" muxolifat harakati vakili Boris Murazi va siyosatshunos, bosh vazir Nikol Pashinyanning tarafdori Harutyun Mkrtchyan Jamoatchilik televideniyesidagi "Katta munozara" dasturida janjallashishni boshladilar. Dastur jonli efirda namoyish etildi. Munozara davomida ishtirokchilar oʻrtasida oʻzaro haqorat va tahdidlar bilan birga janjal kelib chiqdi.
Keyin mojaro janjalga aylandi. Erkaklar oʻrindiqlaridan sakrab, mushtlashishdi. Hodisa Armaniston muxolifat kuchlarining siyosiy kun tartibi muhokamasi paytida sodir boʻldi.
"Katta munozara" dasturida mehmonlar oʻrtasida janjal boshlanganidan soʻng, boshlovchilar koʻrsatuvni toʻxtatdilar va xavfsizlik xodimlari studiyaga kirishdi.
Eslatib oʻtamiz, oktabr oyi oxirida Armaniston Milliy Assambleyasida hukmron "Fuqarolik shartnomasi" partiyasi aʼzolari va muxolifatdagi "Kuchli Armaniston" fraksiyasi aʼzolari oʻrtasida ommaviy mushtlashuv boʻlib oʻtgandi.





