Prezident davlat tashrifi bilan Oʻmonga boradi
Tashrif dasturiga muvofiq, Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar va boshqa tadbirlar boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning taklifiga binoan 16-17 noyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar va boshqa tadbirlar boʻlib oʻtadi.
Boʻlajak sammit kun tartibidan Oʻzbekiston–Oʻmon munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish, savdo, investitsiyalar, qishloq xoʻjaligi kabi ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlikni kengaytirish hamda madaniy-gumanitar va turizm almashinuvini faollashtirish masalalari oʻrin olgan.
Muzokaralar yakunlari boʻyicha bir qator hujjat va bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.





